«PSJ» yarim himoyachisi A Seriyaga o‘tdi

«Sampdoriya» «PSJ» yarim himoyachisi Noa Lemina bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Italiya klubi 18 yoshli fransiyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi.

Futbolchining parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. U hali parijliklarning asosiy tarkibida maydonga tushmagan.

Noa «Vulverxempton» yarim himoyachisi Mario Leminaning ukasi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter