«Arsenal» futbolchisi La Ligaga yo‘l olishi mumkin

«Arsenal»ning shotlandiyalik himoyachisi Kiran Tirni faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Jordan Kempbell xabariga ko‘ra, «kanonirlar» shotlandiyalik futbolchining ijarasi bo‘yicha «Real Sosyedad» bilan muzokara olib bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, ikkala klub ham kelishuvga erishishga umid qilmoqda, chap qanot himoyachisi o‘yin vaqti yetishmayotgani sababli London klubini tark etmoqchi.

Avvalroq «Arsenal» futbolchini sotish variantinigina ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, Kiran Tirni «kanonirlar» safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgandi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter