Rodriges bo‘yicha 12 million yevrolik taklif chiqdi

“Betis” yarim himoyachisi Gido Rodriges faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. L’Equipe xabariga ko‘ra, «Lion» 29 yoshli argentinalik uchun 12 million yevro taklif qilgan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million yevroga baholamoqda.

Rodriges o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter