Kilian Mbappe iyul oyi o‘rtalarida «Real Madrid» futbolchisi sifatida omma oldida tanishtiriladi.

Dushanba kuni Madrid klubi fransiyalik forvard bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Avvalroq futbolchining rasmiy taqdimoti Yevro-2024 dan keyin bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgandi. L’Equipe xabariga ko‘ra, u 15 yoki 16 iyulda bo‘lib o‘tishi kerak.

«Real Madrid»ning ishonch bildirishicha, tadbir kuni «Santyago Bernabeu»ga 80 ming kishi tashrif buyurishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/