Palinya «Bavriya»ga o‘tishiga ishonmoqda
Londonning «Fulxem» klubi yarim himoyachisi Joau Palinya o‘zining «Bavariya»ga o‘tishi borasida optimistik fikrda. Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar qizg‘in ketmoqda va portugaliyalik futbolchining o‘zi kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda.
«Fulxem» 28 yoshli Palinya uchun taxminan 70 million yevro talab qilmoqda, ammo «Bavariya» hali bunday pulni to‘lamoqchi emas. Muzokaralar davom etmoqda va murosaga erishiladi degan umid bor.
Ma’lum qilinishicha, «Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani allaqachon Joau bilan gaplashib bo‘lgan. Yarim himoyachi Myunxen grandi safiga o‘tishni orzu qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/