Boks. Rossiyadagi turnirda jamoamiz to‘liq tarkibda ishtirok etadi
Bugun Rossiyaning Qozon shahrida VI «BRIKS» xalqaro sport o‘yinlari start oldi.
23 iyunga qadar davom etadigan ushbu kompleks musobaqada dunyoning 90 davlatidan 4 500 nafardan ziyod sportchi 29 sport turi bo‘yicha medallar uchun bahs olib boradi. Ular orasida tabiiyki, O‘zbekiston sport delegasiyasi ham bor.
«BRIKS» o‘yinlarida boks bo‘yicha terma jamoamiz ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Musobaqaning boks bahslari 17 iyun kuni boshlanadi.
Ayni paytda bokschilarimiz Rossiyaning Sochi shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishyapti. Tarkibdan Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov ham joy olgan.
Terma jamoamiz tarkibi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Madiyar Saydrahimov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Yergali Yarashov, Farruh Qilichev, Ozod Hasanov.
-48 kg: Saidaxon Rahmonova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rashida Tagirova
-66 kg: Hadichabonu Abdullayeva
-70 kg: Mavluda Movlonova
-75 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Temur Ahbayev, Islom Tadjibayev, Shohzoda Umarova.
Jamoa menejeri: Shahboz Tavakkalov
Shifokor: Dilshod Kazakov.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/