«Vulverxempton» himoyachisini 50 million yevroga qo‘yib yuboradi
Angliyaning «Vulverxempton» klubi yozgi transfer oynasida markaziy himoyachisi Maks Kilman bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchining xizmatlariga Londonning “Vest Xem” klubi qiziqmoqda. Daily Mail xabariga ko‘ra, «bo‘rilar» «bolg‘achilar»dan 50 million yevro tovon puli talab qilmoqda.
27 yoshli Kilman bir necha yillardan beri boshqa klublarning e’tiborida. O‘z vaqtida futbolchiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirishgan, ammo kelishuv amalga oshmagan.
Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida Kilman ikkita gol urdi. «Vest Xem» Maks uchun kerakli miqdorda tovon pulini to‘lashga tayyormi yoki yo‘qligi hozircha nomalum.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/