Ispaniyalik futbolchiga talab katta
«RB Leypsig» yarim himoyachisi Dani Olmo yozgi transfer oynasi vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Sports Zone xabariga ko‘ra, «buqalar» bilan allaqachon uchta super klub aloqaga chiqqan – «Manchester Siti», «Bavariya» va «PSJ».
Ularning har biri 26 yoshli Olmo bilan yaqin kelajakda shartnoma imzolamoqchi. Manbaning qayd etishicha, Dani Olmoning amaldagi shartnomasida 60 million yevroga sotib olish opsiyasi mavjud.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/