«Fulxem» yana «Bavariya»ga rad javobini berdi

«Fulxem» yana yarim himoyachisi Joau Palinyani «Bavariya»ga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda «Sky Sports» jurnalisti Layall Tomas xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi o‘z taklifini 36 million yevrodan 47 million yevroga oshirgan, biroq yana rad javobini olgan. Avvalroq «Fulxem» Palinya 70 million yevrolik taklif tushmasa, u bilan xayrlashmoqchi emasligi, ammo «Bavariya» buncha pul to‘lashga tayyor emasligi haqida xabar berilgandi.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli portugaliyalik barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter