Shesni: «Hali eng yaxshi formamni tiklamadim»

«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni hozirgi holati haqida gapirdi.

34 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibiga kirib oldi va Xans-Diter Flik jamoasining muhim qismiga aylandi. Muvaffaqiyatlarga qaramay, polyakning o‘zi hali maksimal sport formasini tiklab olmadim deb hisoblaydi.

«Jismoniy holatim? Yomon emas, ammo eng yuqori cho‘qqiga eng kerakli paytda chiqaman,» – deydi «Barselona» bilan shu paytgacha birorta o‘yinda yutqazmagan tajribali darvozabon intervyuda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter