Xabi Alonso «Bayer»ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi
«Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonso Bundesligada «Shtutgart«ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:3) jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Dorishunoslar» 67-daqiqagacha 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishayotgandi, ammo kambek uchun o‘zlarida kuch topa olishdi. 88-daqiqada mehmonlar «Shtutgart»ning avtogoli evaziga javob qaytargan bo‘lsa, 94-daqiqada Patrik Shik g‘alaba to‘pini kiritdi.
Leverkuzenliklar turnir jadvalida peshqadam «Bavariya» bilan oradagi farqni 6 ochkogacha qisqartirishdi.
«Chempionlik? Ko‘ramiz, oldinda yana sakkizta tur bor, har narsa bo‘lishi mumkin. Har bir o‘yinga alohida e’tibor qaratishimiz, g‘alaba ketidan g‘alaba qozonishimiz kerak. Vaziyat bizning qo‘limizda emas, ammo «Shtutgart» bilan g‘alaba qozongan o‘yinimiz juda muhim. O‘yinchilarda g‘alaba qozonish istagi, irodasi bor,» – dedi Alonso DAZN bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/