«RB Leypsig» yozda Xavi Simonsni ma’lum bir shart bilan sotadi

«RB Leypsig» hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida sotib yuborilishi mumkin.

Yanvar oyida «qizil buqalar» niderlandiyalik futbolchini «PSJ»dan 50 mln yevro to‘lab sotib olgandi. Sky Sport xabariga ko‘ra, o‘shanda tomonlar agar Yevropa grandlaridan biri uning uchun kamida 80 mln yevro taklif qilsa, futbolchiga kelasi yozda ketishga ruxsat berilishiga kelishib olgan.

Transfermarkt ekspertlari Xavi Simonsning narxini xuddi shu 80 mln yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter