Argentina terma jamoasi mart oyidagi o‘yinlar uchun qaydnomasini ma’lum qildi
Lionel Messi Argentina terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Urugvay va Braziliya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoaning dastlabki tarkibidan joy olgan “Inter Mayami” hujumchisi jarohati sabab uchrashuvlarda ishtirok etmaydi.
Argentina terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar: Emiliano Martines («Aston Villa»), Xeronimo Ruli («Marsel»), Valter Benites (PSV).
Himoyachilar: Nauel Molina («Atletiko»), Xuan Foyt («Vilyarreal»), Kristian Romero («Tottenxem»), Xerman Peccelya («River Pleyt»), Leonardo Balerdi («Marsel»), Nikolas Otamendi («Benfika»), Fakundo Medina («Lans»), Nikolas Talyafiko («Lion»).
Yarim himoyachilar: Leandro Paredes («Roma»), Enso Fernandes («Chelsi»), Rodrigo De Pol («Atletiko»), Esekiel Palasios («Bayer»), Aleksis Mak Allister («Liverpul»), Maksimo Perrone («Komo»), Benxamin Dominges («Bolonya»), Tyago Almada («Lion»).
Hujumchilar: Nikolas Gonsales («Yuventus»), Anxel Korrea («Atletiko»), Niko Pas («Komo»), Xulian Alvares («Atletiko»), Santyago Kastro («Bolonya»), Lautaro Martines («Inter»).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/