«Bayer» Leverkuzen klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs jamoadan ketishga shoshilmayapti.
Bild xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining o‘zi ham, yaqinlari ham kamida yana 1 mavsum «dorishunoslar» safida o‘ynashi kerakligini va 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin boshqa klubga o‘tish eng ideal vaqt bo‘lishini aytmoqda.
Hozirda Virsni «Bavariya» va «Manchester Siti» jiddiy kuzatmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/