Yulduz yarim himoyachi «Milan»ga qaytishni istamoqda

Yarim himoyachi Sandro Tonali yaqinda «Nyukasl»ga sovrin qo‘lga kiritishda yordam berdi, ammo uning A Seriyaga qaytishi haqidagi taxminlar davom etmoqda. Jurnalist Daniele Longoning yozishicha, italiyalik futbolchiga «Yuventus» va «Milan» klublari qiziqish bildirmoqda.

«Yuventus» uchun bu juda mantiqiy, chunki Duglas Luiz va Kopmeynerslarning yozgi transferlari hali umidlarni oqlamadi. «Milan» esa har doim Tonaliga da’vogarlar qatorida bo‘ladi.

Biroq moliyaviy sharoit Italiya klublari uchun transferni amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Tonali yiliga 7 million yevro oladi va «Nyukasl» ikki yil avval unga sarflagan 60 million yevrodan pastroq takliflarni ko‘rib chiqmaydi. Biroq jurnalistning qayd etishicha, Tonali o‘z agentlariga kelajakda «Milan»ga qaytish istagi haqida allaqachon ma’lum qilgan.

Joriy mavsumda 24 yoshli italiyalik “Nyukasl” safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter