Anchelotti Sebalyos va Mendining holati bo‘yicha ma’lumot berdi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jarohatdagi futbolchilar Dani Sebalyos va Ferlan Mendining holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

«Ular yaxshi darajada tiklanishmoqda. Umid qilamanki, Sebalyos ham, Mendi ham «Arsenal»ga qarshi dastlabki o‘yinga tayyor bo‘ladi», – dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» – «Real» ilk o‘yini 8 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter