Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Chelsi» – «Manchester Siti» (3:0) uchrashuvining javob bahsi yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, London klubi «shaharliklar»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Natijada turnirning barcha yarim final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim final juftliklari:
«Arsenal» – «Lion»;
«Barselona» «Chelsi.»
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Barselona» Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan turning finalida Kataloniya klubi «Lion»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Ko‘k-anorranglilar» Fransiya klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/