2022 yilgi Olimpiada ishtirokchisi Turkiyadagi mehmonxonada ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘ldi

Turkiyalik chang‘ichi Berkin Usta Bursa yaqinidagi Uludag‘dagi tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda BBC.

25 yoshli sportchi Turkiya tog‘ chang‘isi va snoubord o‘qituvchilari uyushmasi prezidenti lavozimida ishlagan 57 yoshli otasi Yahyo Usta bilan birga halok bo‘ldi. Berkinning onasi reanimasiyada.

Erta tongda yong‘in chiqqan binoda mehmonxona ostida joylashgan tog‘-chang‘i kurortida ishlayotgan 12 kishi bo‘lgan.

Berkin Usta 2022 yili Pekinda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Turkiya nomidan qatnashgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter