Pablo Torre: «Men uchun «Barselona»da bo‘lish – haqiqiy orzu»
«Barselona» yarim himoyachisi Pablo Torre klubda o‘ynash orzusi bo‘lganligini aytdi.
«Men uchun «Barcelona»da bo‘lish – haqiqiy orzu. Albatta, har birimiz maydonga tushib, iloji boricha ko‘proq o‘yin o‘tkazishni xohlaymiz. Biroq, bu jamoaning yulduz futbolchilari bilan birga bo‘lish va har bir narsa uchun kurashish – aql bovar qilmas tuyg‘u», – dedi 21 yoshli ispaniyalik xavbek.
Torre joriy mavsumda 13 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/