La Liga klubi jazolanishi mumkin

O‘tgan yozda «Dnepr-1″dan ispan klubiga o‘tgan hujumchi Artyom Dovbikning transferi tufayli «Jirona» UEFA tomonidan sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Advokat Yevgeniy Kuzminning aytishicha, Dovbikni «Jirona»ga o‘tkazish vaqtida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, hujumchining agenti Ukrainada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha firibgarlik rejasini amalga oshirgan.

Xususan, Dovbikning vakili Estoniyada o‘z kompaniyasi bilan bir xil nomdagi yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazdi, bu noqonuniy hisoblanadi va UEFA tomonidan ish yuritishga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter