UEFA fevralda «Barselona» bo‘yicha qaror qabul qiladi

UEFA 2024 yilning fevralida “Barselona”ning yevrokuboklardan chetlatilishi bo‘yicha qaror qabul qiladi, deya xabar beradi «Marca».

Kataloniyaliklar “PSJ”, “Manchester Siti” va “Milan” bilan birgalikda UEFA moliyaviy qoidalariga rioya qilmayotganlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq, «Welt» nashri «ko‘k-anorranglilar» 3 yilga Chempionlar ligasida ishtirok etishdan chetlashtirilishi mumkinligini aytgandi.

2023 yilning iyul oyida «Barselona» UEFA tomonidan noto‘g‘ri moliyaviy hisobot uchun 500 ming yevro jarimaga tortilgan edi. Xabar qilinishicha, klub 2023/24 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘yini uchun 71,5 million yevro ishlab olgan.

Kataloniyaliklar Chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumida 1/8 finalga chiqishdi, ularning raqibi «Napoli» bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter