“Real” Kroosga taklif yubordi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Toni Kroosga yangi shartnoma borasida rasmiy taklif yubordi.

Jurnalist Xose Feliks Diasning yozishicha, nemis futbolchisi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

34 yoshli Kroos joriy mavsumda «Real»ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. U La Ligada bitta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Toni «qirollik klubi»ga Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritish va Chempionlar ligasi finaliga chiqishga yordam bergandi, u yerda Karlo Anchelotti jamoasi 1 iyun kuni Dortmundning «Borussiya»si bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter