Allegriga Saudiya qiziq emas
Turinning “Yuventus” klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Saudiya Arabistoni takliflarini hozircha ko‘rib chiqmayapti.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Italiya kubogi finalida “Atalanta” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) Allegri “Tuttosport” direktoriga tahdid qilgandi.
Juma oqshomida «Keksa sinyora» rahbariyati italiyalik mutaxassisni zudlik bilan ishdan bo‘shatishini e’lon qildi, garchi mavsum yakuniga qadar yana ikkita o‘yin o‘tkazilishi kerak bo‘lsa ham.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/