«Jirona» «Barselona» yosh hujumchisiga qiziqib qoldi

“Jirona” Yevropaning boshqa klublari qiziqish bildirayotgan ukrainalik forvard Artyom Dovbikning o‘rnini bosuvchi futbolchi qidirishni boshlab yubordi.

El Gol Digital xabariga ko‘ra, klub «Barselona»ning 18 yoshli hujumchisi Mark Giu bilan shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda.

Tez orada «Jirona» ispaniyalik bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Menejment darajasida klublar o‘rtasida yaxshi munosabatlar mavjud va bu ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Dovbik uchun «Atletiko», «Inter», «Chelsi», «Tottenxem» va APLning boshqa jamoalari da’vogarlik qilmoqda. Uning transferi FIFA qoidalariga ko‘ra yozgacha amalga oshirilmaydi.

Joriy mavsumda Giu «Barsa»da debyut qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter