«Chelsi» 17 yoshli futbolchi uchun rekord darajada pul sarflashi ma’lum bo‘ldi

«Palmeyras» hujumchisi Estevao Villian faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishga yaqin turibdi.

Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, «ko‘klar» Messinyo laqabi bilan tanilgan futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

«Palmeyras» ushbu transferdan 65 mln yevro ishlab oladi. Futbolchi 2025 yil yozida london klubi safiga borib qo‘shiladi.

Ushbu transfer Amerika hududidan Yevropaga amalga oshgan eng qimmat transferga aylanadi.

Manba: x.com/fabrizioromano

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter