Arauxo: «Atletiko» va «Jirona»ga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotsak, bu fojeali emas»

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Ronald Arauxo «Atletiko Madrid» va «Jirona» bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotsa, jamoasi fojiaga duchor bo‘ladi, deb o‘ylamaydi. Eslatib o‘tamiz, aynan mana shu jamoalar bilan «Barselona» Ispaniya chempionatining keyingi ikki turida to‘qnash keladi.

«Atletiko» va «Jirona» bilan ochko yo‘qotadigan bo‘lsak, bu hech narsani anglatmaydi, chunki chempionat shu bilan tugamaydi», – dedi urugvaylik himoyachi Barca Universal bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, «Jirona» va «Atletiko» Ispaniya chempionati turnir jadvalida hamon «Barselona»dan yuqorida joylashgan. «Ko‘k-anorranglilar» to‘rtinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter