«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silvaning jarohati haqida gapirdi.
“Men hali shifokorlar bilan gaplashmadim. Biroq, aftidan, Bernardu jamoaning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi», – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yarim himoyachi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoasiga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. U birinchi bo‘lim oxirida maydonni tark etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/