Tuxel: «Sane Keyn bilan tez-tez muloqot qiladi»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchilar Xarri Keyn va Leroy Sane o‘rtasidagi o‘zaro tushunish darajasi haqida gapirdi.

“Sane ingliz tilida gapiradi, shuning uchun u Keyn bilan tez-tez muloqot qiladi. Keyn va Sane hozir birga yaxshi ishlayapti”, dedi Tuxel matbuot anjumanida.

Keyn Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 5 o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sane chempionatning 5 turida 4 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter