Xanchjou-2022: Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirovadan kumush medal!

O‘zbekiston delegasiyasi bugungi kun hisobidan ilk medalni qo‘lga kiritdi.

10 metrga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Saralashdan ikkinchi natija bilan o‘tgan merganlarimiz oltin medal uchun kechgan bahsda xitoylik juftlikka imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa Osiyo O‘yinlaridagi kumush medallarimiz beshtaga yetdi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter