Pedri qachon safga qaytadi?

«Barselona» yarim himoyachisi Pedrining jarohatidan tuzalish vaqti tezlashdi.

Ispaniyaning Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli yarim himoyachi 21 oktyabrga belgilangan «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinga qadar tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Avvalroq u 28 oktyabrdagi «el-klasiko»da ishtirok etishi mumkinligi aytilgandi.

Qayd etish lozim, «Selta»ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning boshqa yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat olib, 5-6 haftaga safdan chiqdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter