Umtiti: «Men juda qiyin damlarni boshdan kechirdim»
«Lill» himoyachisi, avvalroq «Barselona»da o‘ynagan Samuel Umtiti Ispaniya klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
“Men juda qiyin damlarni boshdan kechirdim. Ammo bu endi ortda qoldi. Men buning ustida ko‘p ishladim, chunki ichimda juda ko‘p noroziliklar bor edi va bu oldinga siljishimga imkon bermadi», – dedi Umtiti.
Umtiti 2016 yildan 2023 yilgacha «Barselona»da o‘ynagan. Umuman olganda, himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safida 133 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/