«Milan»ning sobiq texnik direktori Paulo Maldini kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
“Men hech qachon boshqa italyan klubiga o‘tishga rozi bo‘lmayman. Balki faqat boshqa ligadagi top-klubga. Saudiya Arabistoni? Kim biladi… balki bu yomon fikr emasdir», – deya Maldinining so‘zlarini keltiradi Repubblica.
Avvalroq 55 yoshli mutaxassis xizmatlariga fransiyalik mashhur hujumchi Karim Benzema to‘p tepayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
«Al-Ittihod» 15 o‘yinda 28 ochko to‘pladi va Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/