«Jenoa» ustozi: «Agar Malinovskiy shu darajani saqlab qolsa, u biz uchun juda muhim futbolchi bo‘ladi»

«Jenoa» bosh murabbiyi Alberto Djilardino yarim himoyachi Ruslan Malinovskiyning o‘yin darajasini yuqori baholadi.

«O‘zining xususiyatlari va taktik moslashuvchanligi bilan u hal qiluvchi bo‘la oladigan futbolchi. U raqib darvozasidan bir oz uzoqroqda o‘ynagan bo‘lishi mumkin, ammo u himoyaviy diqqat bilan ishlashda davom etishi kerak.

Agar u shu darajani saqlab qolsa, u biz uchun juda muhim futbolchi», – deydi Alberto Djilardino.

Joriy mavsumda Malinovskiy klub safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Jenoa» A seriyada 14-o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yin 22 dekabr kuni safarda «Sassuolo»ga qarshi o‘tkaziladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter