«Barselona» «Amerika» bilan o‘yindan qancha mablag‘ ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Kataloniyaning “Barselona” va Meksikaning “Amerika” klubi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga yetdi. Uchrashuv Dallasdagi (AQSH) “Kotton Boul” stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:2 hisobida Meksika jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Barca Universal nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona» Meksika klubi bilan o‘yin evaziga rasman 5 million yevro olgan.

Ayni damda Ispaniya La Ligasida o‘tkazilgan 18 uchrashuvdan so‘ng «Barselona» 38 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter