Andre «Barselona» kuzatuvida

Braziliyaning «Fluminense» klubi yarim himoyachisi Andre faoliyatini Ispaniyaning top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» skautlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Andreni diqqat bilan kuzatgan. 22 yoshli tayanch futbolchisi kelasi yozda ispan klubiga o‘tishi mumkin.

Andrening Braziliya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 25 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter