«MYU»ga bitta Onana kamlik qildi

Angliya chempionatida, “Everton” safida to‘p tepayotgan yarim himoyachi Amadu Onana Yevropaning ikki giganti manfaati doirasiga tushgan.

Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 22 yoshli belgiyalik futbolchini o‘z safiga «Barselona» va «Manchester Yunayted» qo‘shib olmoqchi.

Futbolchining transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «irischilar» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Angliya chempionatining joriy mavsumida Onana 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta sariq kartochka oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter