“Tottenxem” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ange Postekoglu “Liverpul”ni boshqarish uchun jamoani tark etmasligiga ishonch bildirmoqda.
The Telegraph nashrida qayd etilishicha, klub 58 yoshli mutaxassisni «Liverpul» bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri deb atasa-da, uning kelajagi uchun xavfsiramaydi. Yanvar oyi oxirida «Liverpul»ning amaldagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qildi.
Postekoglu o‘tgan yozdan beri «Tottenxem»da ishlamoqda. Londonliklar 24-turdan keyin 47 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/