«Inter» 2024 yilda ketma-ket 12 uchrashuvda zafar quchdi

“Inter” 2024 yilgi 12 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

A Seriyaning 27-turida bosh murabbiy Simone Indzagi shogirdlari o‘z maydonida “Jenoa”ni mag‘lub etishdi (2:1).

Milan klubi 2023 yil 29 dekabrda “Jenoa” bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng bu yilgi 12 o‘yindan 12 tasida g‘alaba qozongan.

A Seriyada “neradzurrilar” sentyabr oxiridan beri mag‘lubiyatga uchramayapti – ketma-ket 21 uchrashuv: 18 g‘alaba, 3 durang.

9 mart kuni “Inter” 4-o‘rindagi “Bolonya” bilan mehmonda o‘ynaydi, 13-da esa Madridda “Atletiko” bilan Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida (birinchi o‘yin 1:0) ishtirok etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter