Gullit Mbappe nima uchun «Real»ni tanlashi mumkinligini tushuntirdi

«Milan» va «Chelsi»ning sobiq futbolchisi Rud Gullit «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Mbappe «Real»ga o‘tishi mumkinmi? Madrid klubi sizga qo‘ng‘iroq qilsa, deyarli doim «ha» deb aytasiz», deydi mashhur futbolchi.

Gullit shuningdek, fransiyalik hujumchining ehtimoliy tanlovini tushunishini qo‘shimcha qildi, chunki ispan jamoasi bilan eng yirik turnirlarda, xususan, hali hujumchiga taqdim etilmagan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe mavsum yakunida Parij klubini tark etishini ma’lum qilgandi. Kilian faoliyatini qayerda davom ettirishi hali rasman e’lon qilinmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter