Antonga fransuz klubi qiziqish bildirmoqda
Anton Miranchuk faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Metaratings xabariga ko‘ra, «Nant» «Lokomotiv» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, tomonlar shu yozda mumkin bo‘lgan transfer haqida norasmiy muzokaralar olib borishgan.
Miranchukning “Lokomotiv” bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda RPLda 28 yoshli yarim himoyachi 18 o‘yinda 2 gol va 3 golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/