De Ligt kelajagi haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Matteys de Ligt yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Oldinroq niderlandiyalik futbolchini Amsterdamning “Ayaks” klubi sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag ishlayotgan “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Mavsum hali tugamadi, men boshqa narsalar haqida o‘ylamayman. «Bavariya»da juda baxtliman. Albatta, bu mavsumni men uchun oson deb bo‘lmaydi. Men uzoq vaqtni jarohatda o‘tkazdim. Ayni paytda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Yakunda murabbiy maydonga tushishi kerak bo‘lgan futbolchilar haqida qaror qabul qiladi. Men imkon qadar o‘ynab, jamoaga yordam berishni istayman”, – dedi De Ligt matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter