La Liga prezidenti Xavyer Tebas chempionatda gollarni avtomatik qayd qilish tizimi yo‘qligi sababli o‘ziga qilingan tanqidlarga javob qaytardi.

«Izoh yo‘q» – deb yozgan Tebas texnologiyadagi xatolarni tavsiflovchi ommaviy axborot vositalarining skrinshotlarini e’lon qildi.

«Barselona» vakillari Tebasni tanqid qilishmoqda, ular 21 aprel kuni «Real» bilan o‘yinda (2:3) to‘p haqiqatda Andrey Luninning darvoza chizig‘ini kesib o‘tganiga ishonishmoqda.

Avvalroq Tebas La Ligada bunday tizimni joriy qilish uchun 3 million yevro juda ko‘p ekanligini aytgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/