«Manchester Yunayted» Grinvudga narx belgiladi
«Manchester Yunayted» joriy mavsumni Ispaniyaning «Xetafe» klubida ijarada o‘tkazayotgan hujumchisi Meyson Grinvudni qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi.
Xabarga ko‘ra mankunianliklar angliyalik yosh futbolchi uchun 50 million yevro tovon puli talab qiladi.
Ushbu transferga «Yuventus», «Atletiko Madrid» va «Barselona» kabi klublari qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi.
22 yoshli Grinvud joriy Ispaniya chempionatida 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/