Noyer: «Albatta, Bellingem «Oltin to‘p» uchun kurashda»

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer «Real» bilan o‘yin oldidan Jud Bellingemning saviyasini yuqori baholadi.

“Albatta, u “Oltin to‘p”ga da’vogar. Agar siz ham u kabi barcha turnirlarda ishtirok etsangiz, unda siz nomzod bo‘lasiz. Lekin bu Chempionlar ligasidagi natijaga ham bog‘liq. Biz uning fazilatlarini Bundesligada ham bilardik.

«Real Madrid»da u o‘zini bombadek his qildi. U Dortmunddagidan ko‘ra ko‘proq hujumkor pozisiyada o‘ynaydi, lekin hech kim uning bunchalik ko‘p gol urishini va «Real Madrid»ning hujumida muhim rol o‘ynashini kutmagandi. Uning maydonda o‘zgarishlar qilishga qodirligini bilamiz», – deya Noyer so‘zlarini keltirmoqda AS.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter