«Real» 2025 yilda Kroos o‘rniga Virsni olib keladi

«Real» 2025 yilda «Bayer»dan Florian Virsni sotib olishi mumkin.

Bild xabariga ko‘ra, Florian va uning oilasi keyingi qadamni 2025 yilga rejalashtirishgan. Agar Toni Kroos 2025 yilda jamoani tark etsa, Virsni sotib olmoqchi.

«Real Madrid»ning eng nufuzli skautlaridan biri Felipe Martin Virsning har bir o‘yinini tribunadan kuzatib boradi. U o‘tgan yili Bellingemning transferida ham qatnashgan edi.

«Bayer»ning hujumkor yarim himoyachisiga «Manchester Siti», «Arsenal» va «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsumda “Bayer” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter