«Chelsi» «yangi Messi» bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

«Chelsi» hozirdanoq «Palmeyras» hujumchisi Estevao Villianning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. 17 yoshli futbolchini vatanida Messinyo yoki kichik Messi deyishadi. The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi ushbu transferni muvaffaqiyatli amalga oshirishiga ishonmoqda.

«Palmeyras» Estevaoni 30 million yevro va bonuslar evaziga sotishga tayyor. Yosh forvardning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Premyer-ligadagi navbatdagi o‘yinini 11 may, shanba kuni raqib maydonida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter