«Fiorentina» jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Italyano unga «Napoli»dan qiziqish borligi haqida gapirdi.

«O‘ylaymanki, «Napoli» prezidenti o‘sha yozda klubga qo‘ng‘iroq qilgan edi, lekin klub uni men bilan bog‘lanishiga ruxsat bermadi, shuning uchun u boshqa chora ko‘rmadi. De Laurentis o‘zini jentlmendek tutdi, men uni juda hurmat qilaman va bu haqda bilganimdan keyin bu yanada ortdi» – dedi «Fiorentina» ustozi.

«Napoli» joriy mavsumda uchta murabbiyni o‘zgartirdi. Jamoani hozirda Franchesko Kalsona boshqarmoqda, biroq u ham shu yozda jamoadan haydalishi mumkin.

«Napoli» 37 turda 52 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Neapolliklar so‘nggi turda «Lechche» bilan uchrashadilar, o‘yin 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/