«Barsa» Olmo transferi ustida ishlashni boshladi

«Barselona» «RB Leypsig» yarim himoyachisi Dani Olmoni sotib olish ustida ishlamoqda.

Ispaniyalik futbolchining shartnomasidagi 60 million yevrolik tovon puli 20 iyulda tugaydi, biroq futbolchining vakillari «RB Leypsig»ni variantni yana bir necha hafta saqlab qolishga ko‘ndirishdi. «Barselona» bundan unumli foydalanish niyatida va kerakli miqdorni taklif qilishga tayyor, deb xabar beradi Mundo Deportivo. Yevropa chempionining o‘zi uchun «ko‘k-anorranglilar» olti yillik shartnoma tayyorlab qo‘yishdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bu kelishuv Ispaniya terma jamoasining yana bir qimmat futbolchisi – Bilbaoning «Atletik» klubidan Niko Uilyams bilan shartnoma imzolanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter