De Yong ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappedan oldinda
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya La Ligasining 2024/2025-yilgi mavsumida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi.
Bu haqda Sapology moliyaviy portali xabar berdi.
Niderlandiyalik futbolchining soliqlardan tashqari maoshi yiliga 37,5 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Kataloniya jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski, uning maoshi yiliga 33,3 million yevroni tashkil qiladi.
Uchinchi o‘rinda “Real”ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe 31,3 million yevro maosh bilan bormoqda.
Kuchli o‘ntalikda yana besh nafar “Los-Blankos” futbolchisi ham bor: David Alaba (4-o‘rin), Jud Bellingem (6-o‘rin), Vinisius Junior (7-o‘rin), Federiko Valverde (9-o‘rin) va Tibo Kurtua (10-o‘rin). Beshinchi o‘rinda «Atletiko Madrid» klubining sloveniyalik darvozaboni Yan Oblak joylashgan. Sakkizinchi o‘rinda «Barselona» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/