“Bavariya” ayrim futbolchilarini sota olmayapti
Myunxenning “Bavariya” klubi yangi bosh murabbiy Vensan Kompanining rejalariga kirmaydigan uchta asosiy o‘yinchini sotishga umid qilmoqda.
Bu haqda Reddit jurnalist va insayder Florian Plettenbergning Sky Sports telekanalidagi so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kingsli Koman va Leon Goreska nemis jamoasini tark etishi kerak, ammo hech bir yirik klub ularga jiddiy qiziqish bildirmayapti.
Agar yaxshi taklif tushsa, «Bavariya» 29 yoshli vinger Serj Gnabrini ham sotishga tayyor. Avvalroq myunxenliklar Matteys de Ligtni «Manchester Yunayted»ga sotishi mumkinligi haqida ham xabar qilingandi, ammo ayni damda klublar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/